
Hélène Rollès
Biografiya
Hélène Rollès (1966-yil 20-dekabrda tug'ilgan) – fransuz aktrisasi va xonandasi. U birinchi navbatda Sébastien Roch bilan birga suratga tushgan "Hélène et les Garçons" serialidagi bosh roli bilan tanilgan. 90-yillarda "Premiers Baisers" serialida Jastinning opasi – Hélène Girard obrazini ijro etgan. Bu qahramonga bo'lgan qiziqish tufayli 1992-yilda prodyuser Jan-Luc Azoulay aynan shu qahramon asosida "Hélène et les Garçons" serialini suratga oladi. Talabalar guruhi haqidagi ushbu loyiha katta muvaffaqiyat qozonib, har kuni 6,5 million tomoshabinni ekranga jalb qilgan. Serial AQSH, Norvegiya, Ispaniya, Daniya, Gretsiya, Shvetsiya va Rossiya kabi mamlakatlarda ham moslashtirilgan. Xonanda sifatida "Pour l'amour d'un garçon" va "Peut être qu'en septembre" qo'shiqlari bilan debyut qilgan. 1993-yilda chiqarilgan "Je m'appelle Hélène" albomi 900 ming nusxada sotilib, uch karra platina maqomiga ega bo'lgan. O'sha yili u "Victoires de la Musique" mukofotiga nomzod bo'lgan. Rollès "la Ferme Célébrités" va "Première Compagnie" realiti-shoularida ham qatnashgan. 2013-yil fevral oyida Efiopiyadan ikki nafar bolani asrab olgan.
Filmografiya (2)
Hélène Girard

