Gillo Pontecorvo
Rejissyor19-noyabr 1919 — 12-oktyabr 2006

Gillo Pontecorvo

Pisa, Italy
Venetsiya
1ish TOMO’da
1yirik mukofot
7.9eng yuqori: Jazoir jangi

Biografiya

Gillo Pontecorvo (1919-yil 19-noyabr, Piza – 2006-yil 12-oktyabr, Rim) — italiyalik kinoijodkor. Kelib chiqishi italyan yahudiylaridan bo'lgan rejissyor yadro fizigi Bruno Pontecorvo va genetik Guido Pontecorvoning akasi. Ma'lumoti bo'yicha kimyogar bo'lgan Pontecorvo keyinchalik jurnalistikaga o'tib, Parijda bir qator italyan nashrlari uchun muxbirlik qilgan. 1941-yilda Italiya Kommunistik partiyasiga (PCI) a'zo bo'lib, fashizmga qarshi kurashda qatnashgan. 1956-yilda Vengriya qo'zg'oloni bostirilgach, partiyadan chiqqan bo'lsa-da, marksistik qarashlarini saqlab qolgan. Kinodagi faoliyatini Ikkinchi jahon urushidan so'ng Yves Allégret va Mario Monicelli yordamchisi sifatida boshlagan. 1953-yildan hujjatli filmlar suratga ola boshlagan. 1957-yilda o'zining birinchi to'liq metrajli "La grande strada azzurra" filmini, 1960-yilda esa fashistlar lageridagi yahudiy ayol qismati haqidagi "Kapò" dramasini suratga olgan. "Kapò" filmi 1961-yilda "Eng yaxshi xorijiy film" nominatsiyasida Oskar mukofotiga nomzod bo'lgan.

Filmografiya (1)