Georgia Hale
Aktyor28-iyun 1905 — 7-iyun 1985

Georgia Hale

St. Joseph, Missouri, USA

Biografiya

1922-yilda go‘zallik tanlovi g‘olibi bo‘lgan Georgia Nyu-Yorkka kelib, teatrda ish topishga harakat qiladi. Ammo urinishlari muvaffaqiyatsiz chiqqach, Hollywoodga ko‘chib o‘tadi va u yerda ba'zi filmlarda epizodik rollar o‘ynaydi. Georgia ijodidagi burilish 1925-yilgi “The Salvation Hunters” filmi bilan boshlandi. Aynan shu kartinadagi ijrosi orqali Charlie Chaplin uni o‘zining “The Gold Rush” (1925) filmiga Charlie yuragini zabt etgan raqqosa Georgia roli uchun taklif qiladi. Filmning ulkan muvaffaqiyati tufayli mashhur bo‘lib ketgan aktrisa Paramount Pictures bilan shartnoma imzolaydi. Uning studiyadagi eng yirik ishi “The Great Gatsby” (1926) bo‘lib, unda Myrtle Wilson rolini ijro etgan. Biroq uning aktyorlik karyerasi uzoqqa cho‘zilmadi va “The Last Moment” (1928) nomli ovozsiz film uning oxirgi ishi bo‘lib qoldi. Ovozli filmlarga mos kelmagani uchun shartnomasi bekor qilingan ilk aktrisalardan biri bo‘ldi.

Filmografiya (1)