
Aktyor7-avgust 1941 — 30-avgust 2019
Franco Columbu
Ollolai, Nuoro, Italia
1ish TOMO’da
7.3eng yuqori: Pumping IronBiografiya
Italiyalik bodibildingchi, aktyor va yozuvchi. Bo‘yi past bo‘lishiga qaramay (165 sm), u 1976 va 1981-yillarda «Mr. Olympia» musobaqasida g‘olib chiqqan. 1965-yilda Myunxendagi musobaqada Arnold Schwarzenegger bilan tanishib, ular yaqin do‘stga aylanishadi. Schwarzenegger AQShga ko‘chib o‘tgach, yaqin do‘stini sog‘ingani uchun ko‘p o‘tmay Frankoni ham o‘zi bilan birga olib ketadi. Ularning do‘stligi Franco vafotigacha, ya’ni 54 yil davom etgan. Franco Columbu AQShga kelgach, bir qator filmlarda, jumladan, Schwarzenegger bilan birga kichik rollarni ijro etgan. Garchi 1970-yillardan beri AQShda yashagan bo‘lsa-da, u tez-tez o‘z vataniga — Sardiniyaga ta’tilga qaytib turardi. U aynan shu yerda 78 yoshida vafot etdi.
