François Boyer
Biografiya
François Boyer (1920 — 2003-yil 24-may) — fransuz ssenariynamiysi. U ssenariy yozishdagi ilk urinishiyoq — "Taqiqlangan o'yinlar" (1952) filmi bilan katta muvaffaqiyatga erishdi. Dastlab hech bir studiya uning ishiga qiziqmagach, u ssenariyni romanga aylantirib, 1947-yilda "Maxfiy o'yin" nomi bilan nashr etadi. Garchi roman uning o'z vatanida unchalik muvofaqqiyat qozonmagan bo'lsa-da, Amerikada ulkan tijoriy muvaffaqiyatga erishdi. To'satdan Boyerning romani xaridorgir asarga aylandi va rejissyor René Clément ikki ssenariynavis — Jean Aurenche va Pierre Bost bilan birgalikda uni kinostsenariyga moslashtirdi. Garchi film g'oyasi uchun muallif sifatida Boyer ko'rsatilgan bo'lsa-da, uning o'z ssenariysidan qanchasi ekranga chiqqani noma'lum. Film xalqaro miqyosda ulkan muvofaqqiyat qozondi va yilning eng yaxshi xorijiy tildagi filmi sifatida Faxriy Oskarni qo'lga kiritdi. Boyer 1950, 1960 va 1970-yillar davomida sermahsul ijod qilgan bo'lsa-da, uning keyingi ishlari "Taqiqlangan o'yinlar"chalik kuchli ta'sir ko'rsata olmadi. Shunga qaramay, uning 1962-yilda suratga olingan "La Guerre des Boutons" filmi 1994-yilda prodyuser David Puttnam tomonidan "Tugmachalar urushi" nomi bilan qayta suratga olindi.
