
Fenar Ahmad
Biografiya
Fenar Ahmad 1986-yilda Iroq qochqini sifatida Daniyaga kelgan. Daniyaning muqobil “Super16” kino maktabida u Berlinaleda tanlab olingan va ko‘plab festivallarda namoyish etilgan "Megaheavy" qisqa metrajli filmiga rejissyorlik qilgan. Mazkur film eng yaxshi qisqa metrajli badiiy film uchun Daniyaning "Robert" mukofoti bilan taqdirlangan. U "Super16" maktabini 2010-yilda tamomlagan. 2014-yilda Ahmadning "Flow" nomli debyut to‘liq metrajli filmi "CPH PIX" festivalida namoyish etilib, London kinofestivaliga qabul qilindi. Uning ikkinchi to‘liq metrajli ishi qasos dramasiga yo‘g‘rilgan "Darkland" filmi bo‘ldi. Shundan so‘ng u Daniyaning "Valhalla" komiks serialining ekranlashtirilgan talqini hamda "Darkland" filmining davomini suratga oldi. Ahmad, shuningdek, bir nechta hujjatli film va qo‘shiqlar klipiga ham rejissyorlik qilgan.
