
Federico Fellini
Biografiya
Federico Fellini (1920-yil, 20-yanvar – 1993-yil, 31-oktyabr) — italiyalik kino rejissor va ssenariynavis. U fantaziya va barokko uslubini o'ziga xos tarzda uyg'unlashtirib, XX asrning eng nufuzli va hurmatga sazovor kinomatorgrafchilaridan biri hisoblanadi. Fellini filmlari jamiyatga bo'lgan subyektiv qarash, xotiralar, tushlar, syurrealizm va istaklarning noyob qorishmasidir. Hatto "Fellinian" va "Felliniesque" atamalari kino va san'atdagi har qanday ekstravagant, xayoliy va barokko uslubidagi tasvirlar uchun sinonimga aylangan. Ellik yillik ijodiy faoliyati davomida Fellini "La Dolce Vita" filmi uchun "Oltin palma yaprog'i"ni qo'lga kiritgan, o'n ikki marta "Oskar" mukofotiga nomzod bo'lgan hamda to'rtta filmi "Eng yaxshi xorijiy film" nominatsiyasida g'olib chiqqan. 1993-yilda u Los-Anjelesdagi 65-Oskar taqdirlash marosimida kino san'atiga qo'shgan ulkan hissasi uchun faxriy "Oskar" bilan taqdirlangan.













