
Fan Mei-Sheng
Biografiya
Fan Mei-sheng (1942-yil 13-sentyabrda tugʻilgan), shuningdek, Fan Mui Sang nomi bilan ham tanilgan, Gonkongning sermahsul kanton aktyori. U kino olamidagi faoliyatini 1964-yilda „The Story of Sue San“ filmi bilan boshlagan. U Shaw Brothers Studio mahsulotlari, xususan, „All Men Are Brothers“ filmidagi „Qora girdob“ roli orqali tanildi. 1970–1980-yillarda Gonkongning jangari va triller andozasidagi filtrlarida asosan salbiy qahramonlar obrazini gavdalantirgan. 1979-yilda u suratga olish jarayonida vafot etgan Simon Yuen oʻrniga „The Magnificent Butcher“ filmida rol oʻynadi. Shuningdek, uning „The Postman Fights Back“ filmidagi portlatish mutaxassisi roli ham eng mashhur ijod namunalaridan biriga aylandi. Maykl Chiminoning „Year of the Dragon“ filmida suratga tushgan va umumiy hisobda yuzdan ortiq filmda rol oʻynagan. Bularga qoʻshimcha ravishda, 1978-yilda „Amsterdam Connection“ filmini suratga olgan va 1989-yilda „Dark Side of Chinatown“ filmiga prodyuserlik qilgan.
Filmografiya (1)
Assistant Warden
