
Fabrizio Bentivoglio
Biografiya
Fabrizio Bentivoglio (1957-yil, 4-yanvar) — italiyalik kino va teatr aktyori, ssenariynavis. Milan shahrida tug‘ilgan. Inter yoshlar jamoasida bir mavsum o‘ynaganidan so‘ng, tizzasidagi jarohati sabab sport faoliyatini to‘xtatib, Milandagi Piccolo Teatro maktabida tahsil olgan. Sahnadagi debyutini Uilyam Shekspirning “Afinalik Timon” asari bilan boshlagan. Tibbiyot sohasidagi o‘qishini davom ettirish barobarida Rimga ko‘chib o‘tgan. Dario de Luca bilan hamkorlikda Tipota Movie Company studiyasiga asos solgan. Piccola Orchestra Avion Travel guruhi bilan birgalikda “La guerra vista dalla luna” shousini sahnalashtirgan. 1999-yilda “Típota” nomli qisqa metrajli filmni suratga olgan va o‘z qo‘shiqlari bilan gastrollarda bo‘lgan. Teo Angelopulosning “Eternity and a Day” (1998) filmining saundtreklaridan birida Bentivoglioni ovozini eshitish mumkin.
Eng mashhur ishlari
reyting × mashhurlikFilmografiya (7)
Franco Restivo
Remigio of Varagine
Santino Recchia
Basilli
Dino Ossola
The Poet
Dumas son






