Ezzatollah Entezami
Aktyor1-yanvar 1924 — 17-avgust 2018

Ezzatollah Entezami

Tehran, Iran

Biografiya

Ezzatollah Entezami (1924-yilda Tehron, Eronda tug'ilgan) mukofotlarga sazovor bo'lgan eronlik aktyor. 1958-yilda Germaniyaning Gannover shahridagi teatr va kino maktabini bitirgan. Ijodini 1941-yilda sahnada boshlagan. Kinoda 1969-yildan suratga tushadi. Uning Darius Mehrjui klassik asari — “Sigir” (Gaav) filmidagi debyut roli 1971-yilgi Chikago xalqaro kinofestivalida “Oltin Gugo” mukofotiga loyiq ko'rilgan. Aktyor o'zining sevimli sigiri o'limini ko'tara olmay, asta-sekin o'zini sigir deb hisoblay boshlagan sodda qishloq odami obrazini mohirona ochib bergan. Eron kinosining eng yirik namoyandalaridan biri va kino tarixidagi eng buyuk aktyor deb tan olingan. Darius Mehrjui, Ali Hatami, Nosir Taqvoyi, Mohsen Makmalbof, Behruz Afqamiy va Rahshon Bani-Etemod kabi ko'plab taniqli rejissyorlar bilan ishlagan. “Grand Cinema” va “Farishta kuni” filmlari uchun ikki karra Xalqaro Fajr kinofestivalining “Billur Simurg'” mukofotini olgan. 2006-yil oktabr oyida Parijdagi Eron madaniyat markazida uning ijodi va yutuqlari alohida e'tirof etilgan.

Eng mashhur ishlari

Filmografiya (8)

Takhti's father

Khan -e- Mozaffar (Hezardastan)

Nasereddin Shah

Hajji Hossein-Gholi Noori

Heydar Khan Amoo-Ughli

Masht Hassan