
Evan Stone
Biografiya
Evan Stone (1964-yil 18-iyulda AQShning Chikenville shahrida tugʻilgan) — amerikalik pornoaktyor. 2002 yilda u Jessica Drake bilan turmush qurgan, keyinchalik ular ajrashishgan. Pornografiya sanoatidan tashqari vaqti-vaqti bilan boshqa loyihalarda ham qatnashib turadigan Stone 2007-yilda suratga olingan “The Lair” serialida “Jimmi” rolini ijro etgan. Shuningdek, u “South Park” multserialining “The Return of the Fellowship of the Ring to the Two Towers” epizodida qisqacha koʻrsatib oʻtilgan. 2005-yil fevral oyida Stone “Spice Live” telekanalida juma, shanba va yakshanba oqshomlarida efirga uzatiladigan, porno yulduz juftliklariga bagʻishlangan “Spice Hotel” kabel televideniyesi dasturini olib bordi. U dastlabki boshlovchi Julianing oʻrnini egallagan edi. 2009-yil 1-fevralda Super Bowl vaqtida Arizona shtatining Tukson shahridagi ba'zi Comcast kabel televideniyesi abonentlariga Evan Stone bosh rolni oʻynagan porno-filmdan qisqa parcha namoyish etib yuborildi. NFL oʻyini translyatsiyasi Tristan Kingsley oʻzining ishtonidan Stonening jinsiy a'zosini chiqarib turgani aks etgan 30 soniyali lavha bilan toʻxtatib qoʻyilgan edi. 2011-yilda CNBC uni pornodagi 12 ta eng mashhur yulduzdan biri deb e'lon qildi va u bu roʻyxatdagi yagona erkak boʻldi. Hozirda u Kaliforniyaning Los-Anjeles shahrida yashaydi.
Filmografiya (1)
Self - Porn Actor
