
Estela de Carlotto
Biografiya
Enriketa Estela Barns de Karlotto (1930-yil 22-oktyabrda Buenos-Ayresda tugʻilgan) — argentinalik inson huquqlari himoyachisi, “Plaza de Mayo buvilari” uyushmasi rahbari. 1977-yilda qizi Laura Estela Karlotto homiladorlik vaqtida oʻgʻirlab ketilgan va bedarak yoʻqolgan. Estela qizining oʻgʻil farzand koʻrganini va nevarasining shaxsi oʻzgartirib yuborilganini aniqlaydi. 36 yil davomida olib borilgan izlanishlar 2014-yil 5-avgust kuni oʻz samarasini beradi: ixtiyoriy ravishda topshirilgan DNK tahlillari orqali nevarasi topiladi va u topilgan nevaralar roʻyxatida 114-oʻrinni egallaydi. Karlotto oʻz faoliyati uchun BMTning Inson huquqlari sohasidagi mukofoti va YuNESKOning Feliks Ufue-Buani nomidagi tinchlik mukofotlari bilan taqdirlangan. 2015-yilda BBC uni dunyodagi eng nufuzli 100 ayol roʻyxatiga kiritgan.
