
Erkan Kolçak Köstendil
Biografiya
Erkan Kolchak Kostendil — turkiyalik aktyor, ssenariynavis, rejissyor va xonanda. Aktyor Byulent Shakrakning jiyani. Bursada o‘sib ulg‘aygan aktyor yoshligida professional darajada darvozabon bo‘lishni orzu qilgan, ammo teatr sohasidagi ustozlari bilan uchrashuvdan so‘ng Mimar Sinan nomidagi Tasviriy san’at universitetining teatr fakultetiga o‘qishga kirgan. Keyinchalik pyesalar yozib, ularda rejissyorlik qilgan va rol o‘ynagan. «Karsi Cinsle Tanisma Sanati» pyesasi uchun «Yil aktyori» unvoni va «Yosh aktyor» maxsus mukofotiga loyiq ko‘rilgan. Turkiyaning ilk Facebook seriali bo‘lmish «Mukadderat»ga rejissyorlik qilgan. «Vakit» qisqa metrajli filmi uchun ko‘plab mukofotlarni qo‘lga kiritgan. Televideniyedagi faoliyatini 2005-yilda «Kurtlar Vadisi» bilan boshlagan bo‘lsa-da, 2009-yilda «Sakarya Firat» serialidagi askar roli unga katta mashhurlik keltirgan.
Karyera bir qarashda
Faoliyat davri
2015 — hozirEng mashhur ishlari
reyting × mashhurlikKo'p birga ishlaydi
Filmografiya (12)
Yahya Kaptan
The Boss
Vartolu Saadettin/Salih Koçovalı
Şahin Giray

















