
Biografiya
Érik Orsenna — fransiyalik siyosatchi va yozuvchi Érik Arnoultning adabiy taxallusi (1947-yil 22-martda tug‘ilgan). Parijdagi siyosiy tadqiqotlar institutida falsafa va siyosatshunoslikni o‘rgangan, keyinchalik London Iqtisodiyot maktabida iqtisodiyot bo‘yicha ixtisoslashgan. Fransua Mitteranning yaqin maslakdoshi bo‘lib, 80-90-yillarda hukumatda bir qator lavozimlarni egallagan. 1985-yildan Davlat kengashi a’zosi, 1998-yilda Fransiya akademiyasiga saylangan. 1990-yilda Italiyada Xalqaro Nonino mukofotini, 2006-yilda esa "Voyage au pays du coton" asari uchun Lettre Ulysses mukofotini qo‘lga kiritgan.
