E
Biografiya
Erdem Tepegöz 1982-yilda tug‘ilgan. Dokuz Eylul universitetining iqtisodiyot fakultetini tamomlab, Pragada kino rejissyorlik bo‘yicha tahsil olgan. Ko‘plab hujjatli filmlar suratga olish uchun dunyo bo‘ylab sayohat qilgan. Uning ssenariynavis va rejissyor sifatida suratga olgan ilk to‘liq metrajli "Zerre" filmi 35-Moskva xalqaro kinofestivalida "Eng yaxshi film" (Oltin Avliyo Georgiy) mukofotini qo‘lga kiritgan va 30 ta mamlakat ekranlarida namoyish etilgan. Tanqidchilar rejissyorning ijtimoiy-realistik yo‘nalishdagi ishlarini yuqori baholagan. Ayni paytda u antropologiya yo‘nalishi bo‘yicha magistratura bosqichida tahsil olmoqda.

