
Enaldinho
Biografiya
Enaldo Lopes de Oliveira Filho (1998-yil 26-mart, Belo-Orizonti) — braziliyalik yutuber va influyenser. YouTube platformasi uchun kontent ishlab chiqaruvchi Enaldinho bugungi kunda 25 milliondan ortiq obunachi va 9 milliarddan ortiq ko‘rishlar soniga ega. 2019-yilda Streamy Awards mukofotida «Lotin Amerikasidagi eng yaxshi yutuber» nominatsiyasiga nomzod bo‘lgan. 2018-yilda Exame jurnali uni bolalar uchun eng nufuzli oltita YouTube kanalidan biri deb eʼtirof etgan. 2012-yil 7-noyabrda kanal ochgan Enaldinho 2020-yil oktyabriga kelib 3,2 milliarddan ortiq ko‘rishga erishgan. Uning «Acordei O Mateus» videosi 35 milliondan ortiq ko‘rilgan. Ikkinchi eng mashhur «Don't Speak the Name of the Monster» videosi ham xuddi shuncha natija ko‘rsatgan. 2019-yilda Enaldinho YouTube'ning nufuzli «Diamond Play» mukofotini qo‘lga kiritgan. 2017-yilda «Meus Prêmios Nick» tanlovida «Digital Revelation» nominatsiyasi bo‘yicha nomzodlar qatoridan joy olgan.
