Biografiya
Emre Kayish 2014-yilda London kino maktabining kinorejissyorlik yo'nalishi bo'yicha magistraturasini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. Uning "Tarjimon" nomli bitiruv filmi Sarayevo kinofestivalida namoyish etilib, katta muvaffaqiyat qozondi hamda Yevropa kinoakademiyasi (EFA) mukofotini qo'lga kiritib, 28-Yevropa kino mukofotiga nomzod bo'ldi. Mazkur film Palm-Springs, Premier Plans D'Angers, Xemptons kabi dunyoning 100 dan ortiq kinofestivallarida namoyish etilib, yil oxirigacha 16 ta mukofotni qo'lga kiritdi. Hozirda Emre o'zining ilk to'liq metrajli "Anatolian Leopard" filmi ustida ishlamoqda. Turkiyada kechadigan voqealarga asoslangan ushbu film zamon ruhidan ezilgan, yo'qotishlarga uchragan insonlarning hissiy dunyosini ochib beradi. Bu esa xuddi Anadolu hududiga xos bo'lgan va yo'qolib ketish xavfi ostidagi hayvonning achinarli qismatiga o'xshab ketadi. 2015-yilda Emre Yevropa kinoakademiyasiga a'zo etib qabul qilindi. O'z loyihalaridan tashqari, Emre reklama roliklarini ham suratga oladi.
