
Emma Marrone
Biografiya
Emmanuela "Emma" Marrone (1984 yil 25 mayda tug'ilgan), ijodiy taxallusi Emma — italiyalik estrada qo'shiqchisi, qo'shiqlar muallifi va aktrisa. Bir nechta guruhlarda ishlagandan so'ng, u 2010 yil mart oyida Italiyaning "Amici di Maria De Filippi" tanlovida g'olib chiqdi va Universal Music studiyasi bilan shartnoma imzoladi. 2010 yildan beri u 7 ta yakkaxon studiya albomi, bitta mini-albom va 39 ta singl chiqargan. Uning qo'shiqlari va albomlari to'rt marotaba Italiya chartlarida birinchi o'rinni egallagan va mamlakatda 1,6 milliondan ortiq disk sotilgan. 2012 yil 18 fevralda u "Non è l'inferno" qo'shig'i bilan Sanremo musiqa festivalida g'olib chiqib, Evrovidenie 2014 tanuvida Italiya sharafini himoya qilgan va 21-o'rinni egallagan. U Thirty Seconds to Mars, Álvaro Soler kabi xalqaro yulduzlar hamda Elisa, Alessandra Amoroso, Modà, Fabrizio Moro, Vasco Rossi kabi taniqli italiyalik san'atkorlar bilan hamkorlik qilgan. Shuningdek, Elodie va Antonino kabi xonandalar uchun qo'shiqlar yozgan va prodyuserlik qilgan. 2013, 2015 va 2016 yillarda "Amici di Maria De Filippi" loyihasida murabbiylik qilib, ikki marta Italiya televideniyesi mukofotiga sazovor bo'lgan va 2020 yilda Gabriele Muccinoning "The Best Years" filmida rol o'ynagan.
