E
Rejissyor

Emir Khalilzadeh

Izmir, Turkey

Biografiya

Emir Khalilzadeh — badiiy filmlar, reklama roliklari, teleseriallar va musiqiy kliplar rejissyori. Eronlik ota va turkiyalik ona farzandi, Turkiyaning Izmir shahrida tug‘ilgan. Turk, fors, ozarbayjon va ingliz tillarida so‘zlasha oladi. Istanbul universitetining Radio, TV va kino fakultetini tamomlagan. Ijodini 200 ga yaqin musiqiy klip suratga olishdan boshlagan. Keyinchalik reklama va badiiy filmlar rejissyorligiga o‘tgan. Ssenariylari va korporativ filmlari uchun NEW-YORK AURORA AWARDS va TELLY AWARDS kabi ko‘plab milliy va xalqaro mukofotlarga sazovor bo‘lgan. 2016–2018-yillarda uchta teleserialni, shu jumladan 30 dan ortiq davlatda namoyish etilgan mashhur «Siyah-Beyaz Aşk» serialini suratga olgan. 2016–2018-yillar oralig‘ida beshta badiiy filmga rejissyorlik qilgan, ulardan «Müthiş Bir Film» va «Eski Sevgili» filmlarining ssenariysini o‘zi yozgan.

Filmografiya (2)