
Emily Blunt
Biografiya
Emili Oliviya Lora Blant (1983-yil 23-fevralda tugʻilgan) — britaniyalik aktrisa. U "Oltin globus" mukofoti va ikkita Screen Actors Guild mukofoti sovrindori, shuningdek, "Oskar" va toʻrtta BAFTA mukofotlari nomzodi hisoblanadi. Forbes jurnali uni 2020-yilda dunyodagi eng koʻp haq toʻlanadigan aktrisalar qatoriga kiritgan. Blant aktrisalik debyutini 2001-yilda "The Royal Family" dramatik spektaklida amalga oshirgan va "Henry VIII" (2003) teleserialida Ketrin Govard rolini oʻynagan. Uning kinodagi ilk debyuti "My Summer of Love" (2004) dramasiga toʻgʻri keladi. Blantning karyerasida burilish yasagan davr 2006-yilga toʻgʻri kelib, u "Gideon's Daughter" telefilmi va "The Devil Wears Prada" komedik-dramasidagi bosh rollari bilan tanildi. Birinchi roli uchun u "Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktrisa" yoʻnalishida "Oltin globus" mukofotini qoʻlga kiritdi. Shundan soʻng uning shuhrati yanada oshib, "The Young Victoria" (2009), "Salmon Fishing in the Yemen" (2011), "The Adjustment Bureau" (2011), "Looper" (2012) hamda "Edge of Tomorrow" (2014) kabi ilmiy-fantastik filmlar va "Into the Woods" (2014) musiqiy filmida bosh rollarni ijro etdi. Blant "Sicario" (2015) kriminalli trillerida gʻoyat qatʼiyatli FBR agenti, "The Girl on the Train" (2016) psixologik trillerida alkogolga berilib qolgan ayol va turmush oʻrtogʻi Jon Krasinskiyning "A Quiet Place" (2018) qoʻrqinchli filmida oilasini asrab qolishga intilayotgan ona rollarini mukammal ijro etgani uchun tanqidchilarning olqishiga sazovor boʻldi va "Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktrisa" uchun SAG mukofotini oldi. Shundan keyin u "Mary Poppins Returns" (2018) va "A Quiet Place Part II" (2021) kabi davomiy filmlarda suratga tushdi.
Eng mashhur ishlari
reyting × mashhurlikFilmografiya (33)
Margaret Fairchild
Dawn Staples
Jody Moreno
Kitty Oppenheimer
Liza Drake
Evelyn Abbott
Dr. Lily Houghton
Evelyn Abbott
Mary Poppins
Juliet (voice)
Zoe Huntington (voice)
Tempest Shadow / Fizzlepop Berrytwist (voice)
Rachel Watson
Kate Macer
Baker's Wife
Violet Barnes
Harriet Chetwode-Talbot
Juliet (voice)
Elise Sellas
Gwen Conliffe
Princess Mary
Queen Victoria
Norah Lorkowski
Jane Liddle
Ruthie Draper
Self - Guest
































