
Biografiya
Elnaz Shakerdoost — eronlik aktrisa bo'lib, o'z mamlakatida katta muvaffaqiyatlarga erishgan. U 1984-yil 28-iyunda Eronda, Tehron shahrida tug'ilgan. Boshlang'ich maktabda o'qib yurgan kezlariyoq aktrisalikka mehr qo'ygan. Arxitektura universitetida tahsil olgan, mutaxassisligi teatr yo'nalishiga to'g'ri keladi. Shuningdek, futbolni ham yoqtiradi. Aktrisalik faoliyatini Kyomars Poor Ahmad rejissyorligidagi «Gole Yakh» filmi bilan boshlagan. 2004-yilda bir yildan kamroq vaqt ichida 5 ta filmda rol o'ynagan va 2007-yilda «Simorghe Bolourin» mukofotiga nomzod bo'lgan.



