
Biografiya
Elli Tringou (Patra, 1989-yil, 8-noyabr) – yunon aktrisasi, Milliy teatr dramatik maktabi bitiruvchisi (2016). O‘qishining birinchi yilidan so‘ng (2014) «Suntan» filmida suratga tushgan. Keyin «37 days» qisqa metrajli filmida bosh rolni ijro etib, Gretsiya kino akademiyasining «Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisa» hamda Afina xalqaro kinofestivalining «Eng yaxshi debyut» mukofotlariga sazovor bo‘lgan. 2019-yilda Kann kinofestivalining tanlov dasturiga kirgan Evi Kalogiropuluning «Motorway 65» serialida markaziy rollardan birini o‘ynagan. Teatrdagi ijodi davomida Yiannis Ekonomidisning «Sleeping Star», Thanos Samaras rejissyorligidagi «The Evangelism of Cassandra» monologi, shuningdek, «Lolita reversed», «Shakespeare in Love», «Rhinoceros» va «This is Not Romeo and Juliet» kabi spektakllarda ishtirok etgan. 2018-yilda Britaniyaning «The Durrells» serialida Dafna Likurgu rolini ijro etgan, shuningdek, Germaniyaning ZDF kanalida efirga uzatilgan «Just Push Abuba» onlayn komediya serialida Lusiya obrazini gavdalantirgan. 2019–2022-yillarda mashhur ANT1 telekanalining «Wild Bees» serialida Asimina Stamiri rolini o‘ynagan.
Filmografiya (2)
Asimina Stamini

