Ekin Koç
Aktyor

Ekin Koç

21-iyun 1992 · 34 yosh Antalya, Turkey

Biografiya

Ismet Ekin Koch (1992-yil 21-iyunda tugʻilgan) — turkiyalik aktyor va musiqachi. Koch Istanbul Bilgi universitetining ingliz tilidagi biznes boshqaruvi fakultetida oʻqish hamda sotsiologiya yoʻnalishi boʻyicha onlayn ta'lim olish uchun Antaliyani tark etgan. Uning ilk filmi koreyscha «A Millionaire's First Love» kartinasining remeyki boʻlgan «Senden Bana Kalan» dramasi edi. Undagi bosh qahramon – «Oʻzgʻur Aridja» roli uchun u Ayhan Isiq maxsus mukofotiga sazovor boʻldi. Koʻp oʻtmay u britaniyaliklarning «Ali and Nino» filmida (bosh rollarda Maria Valverde va Adam Bakri) bir koʻzli askar «Mehmed» rolini ijro etdi. Kurban Saidning 1937-yilda yozilgan romani asosida suratga olingan ushbu film premyerasi Sandens kinofestivalida boʻlib oʻtgan. U jokey Halis Karatashning hayot yoʻliga asoslangan «Bizim İçin: Şampiyon» filmida bosh rolni ijro etgan. Shuningdek, «App» qisqa metrajli filmining prodyuseri va aktyoridir. U «Okul Tıraşı», «Kurak Günler» filmlari hamda «Büyük Uçuş» qisqa metrajli filmi bilan Kann kinofestivalida qatnashgan.

Karyera bir qarashda

Faoliyat davri

2015 — hozir
1
15
5
20
3
25
Eng faol davri: 2020-yillarJami: 9 ish
11yil faoliyat
4film · 5 serial
Dramaasosiy janr

Eng mashhur ishlari

Ko'p birga ishlaydi