
Biografiya
Edan Hayhurst (2005-yil 21-martda tug'ilgan) — ingliz aktyori. Britaniyaning "There She Goes" komedik-dramatik serialidagi Ben Yates hamda 2020-yilgi "The Secret Garden" fantastik dramasidagi Kolin Kreyven rollari bilan tanilgan. Hayhurst aktyorlikdagi debyutini 2016-yilda suratga olingan qisqa metrajli filmda boshlagan. 2017-yilda u Amerikaning "Genius" antologik serialida o'n yashar Xans Albert Eynshteyn rolini gavdalantirgan. 2018–2020-yillarda "There She Goes" serialida Rozining aqlli va og'ir-bosiq akasi Ben Yates rolini o'ynagan. 2019-yilda "A Plague Tale: Innocence" kompyuter o'yinida Lukas ovoziga jon kiritgan. 2020-yilda "The Secret Garden" filmida Kolin Kreyven rolini ijro etib, to'liq metrajli filmdagi debyutini qilgan. Shuningdek, u 2020-yilda suratga olingan Amerikaning "The Midnight Sky" fantastik filmida bosh qahramonlardan birining o'g'li rolini o'ynagan.
Filmografiya (1)
Colin Craven
