
Ebi
Biografiya
Ibrohim Homidiy dunyo bo'ylab millionlab muxlislariga «Ebi» nomi bilan tanish. Uning betakror, baxmaldek mayin va shu bilan birga o'ta qudratli ovozi Ebiga barcha davrlarning afsonaviy eronlik xonandasi maqomini olib keldi. 5 yillik ijodiy faoliyati davomida Ebi 30 dan ortiq albom va yuzga yaqin singl chiqardi, dunyo bo'ylab chiptalari oldindan sotib bo'lingan konsertlar uyushtirdi hamda uch avlod eronliklarning sevimli qo'shiqchisiga aylandi. Islom inqilobidan keyin Eronda Ebining qo'shiqlarini ijro etish taqiqlanganiga qaramay, uning muxlislari soni ham vatani ichida, ham uning tashqarisida yildan-yilga oshib bormoqda. Buni uning yarim asr davomida dunyo bo'ylab gastrollarda bo'lib, Royal Albert Hall, Microsoft Theatre L.A Live, Wembley Stadium, Sydney Opera House, Air Canada Center, Globen, Cologne Arena, Sony Center Toronto, Queen Elizabeth Theatre, Greek Theatre Los Angeles kabi dunyoning eng nufuzli sahnalarida millionlab muxlislar qarshisida chiqish qilgani ham yaqqol tasdiqlaydi.
Filmografiya (1)
Taghi
