
Biografiya
Doğa Karakaş (2002-yil, Istanbul) — turk teatr, kino va televizion aktyori. Aktyorlik faoliyatini yoshligidan boshlagan va Tiyatro Teras maktabida Stanislavskiy metodi bo‘yicha ta’lim olgan. Televideniyedagi faoliyati 2012-yilda TRT 1 telekanalida efirga uzatilgan "Böyle Bitmesin" serialidagi Fotih roli bilan boshlangan. Keyinchalik "Çukur" serialida Gench Cheto, "4N1K" filmida Sahte Og‘uz va "Yalancı" serialida Ayaz obrazlarini gavdalantirgan. 2023-yilda Kanal D telekanalida namoyish etilgan "Dönence" serialida Ruzgar Tekin obrazini o‘ynagan. Shu yili rejissyor Nehir Tunaning "Yurt" filmida Ahmet rolini ijro etib, 20-Marrakesh xalqaro kinofestivalida "Eng yaxshi aktyor" mukofotini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, mazkur roli uchun 57-Kino yozuvchilar uyushmasi mukofotlarida "Eng yaxshi aktyor" nominatsiyasiga loyiq ko‘rilgan.


