
Ssenariynavis
Dick Clement
5-sentyabr 1937 · 89 yosh Westcliff-on-Sea, Essex, England, UK
4ish TOMO’da
7.3eng yuqori: Koinot bo'ylabBiografiya
Dick Clement (1937-yil 5-sentyabrda tug'ilgan) — ingliz yozuvchisi va ssenariynavisi. Bishop's Stortford kollejida ta'lim olgan Klement ijodiy faoliyatining katta qismini Ian La Frenais bilan hamkorlikda olib borgan. Ularning ijodiy tandemi asosan komediya va hajviy ruhdagi dramalar bilan tanilgan. Ular «The Likely Lads», «Whatever Happened to the Likely Lads?», «Porridge», «Lovejoy» va «Auf Wiedersehen, Pet» kabi mashhur teleloyiha hamda «The Commitments», «Goal!», «Flushed Away», «Across The Universe» va «The Bank Job» kabi filmlar ssenariysini yozishgan. 1980-yillardan buyon AQShda yashab kelayotgan Klement 2007-yilda Britaniya imperiyasi ordeni (OBE) bilan taqdirlangan.



