
Dar Zuzovsky
Biografiya
Dar Zuzovski — isroillik aktrisa va model. 1991-yil 24-fevralda Tel-Avivda tug'ilgan. Onasi Einat interer dizayneri, otasi Sharon esa ko'chmas mulk investori. Tel-Aviv chekkasidagi Ramat-Xasharon shahrida o'sgan. 15 yoshidan modellik faoliyatini boshlagan va nufuzli "Women Worldwide" hamda "Elite" modellik agentliklari bilan shartnoma imzolagan. "Sephora", "Samsung", "Urban Outfitters" kabi brendlar reklamasida ishtirok etgan, "Cosmopolitan" va "Blazer" jurnallari muqovalarida chiqqan. 16 yoshida mamlakatdagi nufuzli san'at maktablaridan biri bo'lgan "Alon School For the Arts"ga qabul qilinib, aktyorlik mahoratini oshirgan. 18 yoshida Isroil Mudofaa kuchlarida uch yillik harbiy xizmatni o'tab, shu vaqt mobaynida aktyorlik va modellik bilan shug'ullanishda davom etgan. Birinchi yirik loyihasi Nickelodeon kanalining "The Greenhouse" serialidagi bosh rol bo'lgan. Keyinchalik "Scarred" jangari serialida Nohar Shiff obrazini gavdalantirgan va xalqaro miqyosda mukofotlangan "Hostages" dramasi hamda 2015-yilda suratga olingan "Ibiza" badiiy filmida rol ijro etgan.
Filmografiya (1)
Leah Krichinsky
