
Danny Elfman
Biografiya
Daniel Robert Elfman (1953-yil 29-mayda tug‘ilgan) — amerikalik kinokompozitor, qo‘shiqchi va musiqachi. 1980-yillarning boshlarida «Oingo Boingo» yangi to‘lqin guruhi solisti sifatida tanilgan. 1985-yilda ilk filmiga musiqalar yozganidan beri 100 dan ortiq to‘liq metrajli filmlar, televideniye va teatr loyihalari uchun asarlar yaratib, xalqaro e'tirofga erishgan. U Tim Berton, Sem Reymi va Gas Van Sent kabi rejissyorlar bilan tez-tez hamkorlik qilgan. Bertonning «Beetlejuice», «Batman», «Edward Scissorhands», «Big Fish» va «Alice in Wonderland» kabi qariyb 20 ta loyihasi, shuningdek, Reymining «Spider-Man» va «Doctor Strange in the Multiverse of Madness» filmlari uchun musiqalar yozgan. «Men in Black» va «Fifty Shades of Grey» franshizalari, «The Nightmare Before Christmas» multfilmi hamda «Desperate Housewives» va «The Simpsons» seriallarining asosiy mavzular muallifi. U to‘rt karra Oskar nomzodi, uch karra Emmi va bir karra Gremmi mukofoti sohibidir.
Karyera bir qarashda
Janr taqsimoti
Filmografiya (1)
Jack Skellington (singing) / Barrel / Clown with the Tear away Face (voice)
