
Danielle Campbell
Biografiya
Danielle Campbell (1995 yil 30 yanvarda tug'ilgan) — amerikalik aktrisa, asosan Disney Channel telekanalining 2010 yildagi «Starstruck» nomli original filmidagi Jessika Olson roli bilan tanilgan. Kempbell Illinoys shtatining Hinsdeyl shahridan. Uning ota-onasi — Jorjanna va Jon Kempbelllar. U Chikagodagi go'zallik salonida kashf etilgan. Uning karyerasidagi ilk katta imkoniyat «Prison Break» serialining to'tta epizodida mehmon aktrisa sifatida qatnashish bo'lgan. Shuningdek, u Build-A-Bear Workshop brendining milliy miqyosdagi reklama roligida suratga tushgan va 2008 yilda suratga olingan «The Poker House» filmida Darla rolini ijro etgan. 2010 yilda Disneyning «Starstruck» telefilmida rol o'ynab, kompaniya bilan hamkorlik shartnomasini imzolagan. 2011 yil 29 apreilda chiqarilgan «Prom» filmida Nikolas Braun (Lloyd), Nolan Sotillo (Kameron) va Emi Tigarden (Nova) bilan birga bosh rolni ijro etgan.
Filmografiya (2)
Davina Claire
Jessica Olson

