
Biografiya
Daniel Zhou (shuningdek, Zhou Ke Yu nomi bilan ham tanilgan) 2002-yil 17-mayda AQShda tugʻilgan. U 2019-yil 12-dekabrda debyut qilgan Xitoyning BEST guruhi aʼzosi hisoblanadi. Aktyorlikdagi ilk debyutini 2021-yilda "Remember My Boy" dramasida bosh qahramon — Chjan Yan roli bilan boshlagan. 2021-yil 1-martda uning ilk yakkaxon treki – 'R.O.T.Y' chiqarildi. 2021-yilda u Tencent telekanalining 'Produce Camp 2021' omon qolish shousida ishtirok etib, 10-oʻrinni egallagan. 2021-yil 24-aprelda esa INTO1 xalqaro oʻgʻil bolalar guruhi tarkibida qayta debyut qildi.


