Cristiano Ronaldo
Aktyor

Cristiano Ronaldo

5-fevral 1985 · 41 yosh Funchal, Madeira, Portugal

Biografiya

Cristiano Ronaldo dos Santos Aveiro GOIH ComM (1985-yil 5-fevralda tug‘ilgan) – portugaliyalik professional futbolchi, "Al Nassr" klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi hamda sardori. Barcha davrlarning eng buyuk futbolchilaridan biri hisoblanadi. Faoliyati davomida 5 ta "Oltin to‘p", 3 ta UEFAning eng yaxshi o‘yinchisi va 4 ta "Oltin butsa" mukofotlarini qo‘lga kiritgan. U o‘z faoliyatida 33 ta sovrin, shu jumladan 7 ta liga chempionligi, 5 ta UEFA Chempionlar Ligasi, Yevropa chempionati va UEFA Millatlar ligasi g‘olibligini qo‘lga kiritgan. Chempionlar ligasida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan (183), eng ko‘p gol (140) va assist (42) muallifi. Shuningdek, Yevropa chempionatlari (14), xalqaro o‘yinlar (128) va terma jamoadagi umumiy o‘yinlar (206) bo‘yicha rekordchi hisoblanadi. Professional faoliyatida 1200 dan ortiq o‘yinda maydonga tushgan va rasmiy o‘yinlarda 890 dan ortiq gol urib, futbol tarixidagi eng sermahsul to‘purarga aylangan.

Filmografiya (2)