Common
Aktyor

Common

13-mart 1972 · 54 yosh Chicago, Illinois, USA
Oskar2015
22ish TOMO’da
1yirik mukofot
8.3eng yuqori: G'ildirak ustidagi do'zax

Biografiya

Lonnie Rashid Lynn (1972-yil 13-martda tug'ilgan), sahna nomi Common (avvallari Common Sense) — amerikalik repper va aktyor. U uchta "Grammy", bitta "Oskar", bitta "Primetime Emmy" va bitta "Oltin globus" mukofotlari bilan taqdirlangan. U 1992-yilda o'zining "Can I Borrow a Dollar?" albomi bilan debyut qilgan va 1994-yilda chiqqan "Resurrection" albomi orqali tanqidchilar e'tirofiga sazovor bo'lgan. 1990-yillarning oxirlarigacha u asosan anderand muxlislariga ega bo'lgan. Soulquarians guruhi bilan hamkorligi natijasida u keng ommaga tanildi. Uning yirik leybl ostidagi ilk albomi "Like Water for Chocolate" (2000) tijoriy muvaffaqiyat qozondi. 2003-yilda u Erykah Badu bilan kuylangan "Love of My Life" singli uchun "Eng yaxshi R&B qo'shig'i" nominatsiyasida "Grammy" mukofotini qo'lga kiritdi. Uning 2005-yilgi "Be" albomi ham tijoriy muvofaqqiyatga erishib, 2006-yilgi "Grammy" mukofotining "Eng yaxshi rap albomi" nominatsiyasiga nomzod bo'ldi. Common 2007-yilda chiqqan "Finding Forever" albomidagi Kanye West bilan ijro etilgan "Southside" qo'shig'i uchun ikkinchi "Grammy" mukofotini oldi. Uning eng sara qo'shiqlaridan iborat "Thisisme Then: The Best of Common" albomi 2007-yil oxirida chiqarildi. 2011-yilda Common o'zining "Think Common Entertainment" nomli ovoz yozish studiyasiga asos soldi; bungacha esa u Relativity, Geffen va GOOD Music kabi turli leyblar ostida ijod qilgan. Common 2014-yilgi "Selma" filmidagi huquq-himoyachisi Jeyms Bevel roli bilan bir qatorda, shu film uchun Jon Legend bilan birgalikda yozib ijro etgan "Glory" qo'shig'i uchun 2015-yilda "Eng yaxshi original qo'shiq" yo'nalishida "Oltin globus" va "Oskar" mukofotlarini qo'lga kiritgan.

Eng mashhur ishlari