C
Aktyor

Cindy Kurleto

29-aprel 1979 · 47 yosh Vienna - Austria
1ish TOMO’da

Biografiya

Sintiya Kristina Kurleto (1979 yil 21 aprelda tug‘ilgan) — Filippindagi model, aktrisa va sobiq MTV VJ. Uning otasi avstriyalik. U Filippinda tijorat modeli va FHM jurnali modeli sifatida hamda hit serial «Encantadia» va uning davomi bo‘lgan «Etheria»da Kassiopea rolini ijro etgani bilan tanilgan. Faustina Verdillo va Fridrix Kurleto oilasida tug‘ilgan Cindy ota-onasining ajrimidan so‘ng Avstriyada onasi qaramog‘ida ulg‘aygan. Maktabdan tortib kollejgacha bo‘lgan ta'limni Avstriyada olib, Mehmonxona va restoran menejmenti kursini tamomlagan. Keyinchalik u ofitsiant bo‘lib ishlagan. 2001 yilda o‘z ishini tashlab, ikkinchi vataniga — Filippinga ta'tilga borishga qaror qiladi. Mashinasi va kvartirasini sotib, ishdan bo‘shagan, bitta chamadonni olib Filippinga yo‘l olgan. U yerga borgach, Legaspi shahrida qolishga qaror qiladi. Legaspodagi ABS-CBN mahalliy shousida boshlovchilik qilib yurgan paytida uni aktyorlar agenti payqab qoladi va Manilada modellik qilishni taklif qiladi. Uning ilk filmi Jerrri Lopes Sinenengning Kristine Hermosa, Jericho Rosales va Onemig Bondoc bilan birga suratga tushgan "Ngayong Nandito Ka" (2003) filmi bo‘lgan. Shundan buyon Kurleto reklama roliklarida, FHM Philippines jurnalida va mahalliy teleshoularda qatnshib kelmoqda. 2004 yilda FHM Philippines tomonidan "Dunyoning eng jozibali ayoli" deb topilgan va 2004 yil aprel oyida jurnal muqovasida chiqqan. Shuningdek, u "Eat Bulaga" nomli eng uzoq davom etgan kunduzgi estrada shousining hamboshlovchisiga aylangan.

Filmografiya (1)