Chris Carter
Ssenariynavis

Chris Carter

13-oktyabr 1956 · 69 yosh Bellflower, California, USA

Biografiya

Christopher Carl Carter (1956-yil 13-oktabr) — amerikalik tele va kinoproduser, rejissyor va ssenariynavis. Bellflowerda tug‘ilgan, Kaliforniya universiteti (Long-Bich) jurnalistika fakultetini bitirgan. 13 yil «Surfing Magazine» nashrida ishlagan. Televideniyedagi faoliyatini «Walt Disney Studios» filmlari ustida ishlashdan boshlagan. 1990-yillarda «The X-Files» serialini yaratib, katta shuhrat qozongan. O‘zining «Ten Thirteen Productions» kompaniyasiga ega bo‘lib, «Millennium», «Harsh Realm» va «The X-Files» spin-offi bo‘lgan «The Lone Gunmen» kabi loyihalarni yaratgan. «The X-Files» filmining ikkala qismini (1998 va 2008) yozgan, 2008-yilgi qismini esa o‘zi rejissyorlik qilgan. Sakkiz marta «Primetime Emmy» mukofotiga nomzod bo‘lgan.

Filmografiya (2)