
Biografiya
Chatchay Visetsuvarnabumi yoki ko'pchilikka "Phanom Thian" taxallusi ostida tanish bo'lgan ijodkor Tailandning eng mashhur yozuvchilaridan biri bo'lib, 1997-yilda adabiyot yo'nalishi bo'yicha Milliy san'atkor unvoniga sazovor bo'lgan. Pattani viloyatida tug'ilgan yozuvchi Xun Viset Suvarnabumi va Sa-at Rattanakul xonimning kenja o'g'li edi. Phanom o'zining ilk "Hao Dong" nomli romanini 1941-yilda, Suankularb Wittayalai maktabida o'qib yurgan kezlarida yozishni boshlagan. Chatchay roman yozishdan tashqari, ayrim gazeta va jurnallarda o'qotar qurollar haqida maqolalar chop etib, kolumnist sifatida ham faoliyat yuritgan. U maqolalari uchun "Kong Surakan" taxalluzidan foydalangan.
