
Charles Coburn
Biografiya
Charles Douville Coburn (1877–1961) – amerikalik teatr va kino aktyori. Komediya janridagi rollari bilan tanilgan aktyor 1943-yilda suratga olingan "The More the Merrier" filmi uchun "Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyor" nominatsiyasida "Oskar" mukofotini qo'lga kiritgan. Jorjiya shtatining Makon shahrida tug'ilib, Savannada ulg'aygan Coburn 14 yoshidan mahalliy teatrda har xil yumushlar bilan shug'ullana boshlagan va 18 yoshga to'lganda teatr menejeriga aylangan. 1901-yilda Brodveyda debyut qilgan. 1906-yilda aktrisa Ivah Willsga uylanib, ular birgalikda teatr truppasini boshqargan va Brodvey sahnalarida faol ishtirok etgan. 1937-yilda turmush o'rtog'i vafotidan so'ng, Los-Anjelesga ko'chib o'tib, kino sohasida ish boshlagan. "The Devil and Miss Jones" (1941) va "The Green Years" (1946) filmlari uchun ham "Oskar"ga nomzod bo'lgan. Shuningdek, "Of Human Hearts", "The Lady Eve", "Kings Row", "Heaven Can Wait" kabi qator mashhur filmlarda rollar ijro etgan.
Filmografiya (1)
Sir Francis 'Piggy' Beekman
