
Chalida Vijitvongtong
Biografiya
Mint Chalida Vijitvongthong — aktrisa, model va tadbirkor. Bangkok shahrida tailand-xitoylik ota va tailand-hindistonlik ona oilasida tugʻilib oʻsgan. U toʻrt farzandning kattasi boʻlib, ukalaridan biri GMMTV agentligi aktyori «Mond» Tanutchai Wijitvongtong hisoblanadi. U Channel 3 telekanalining «Power 3» deb nomlangan yosh aktyorlar guruhi tarkibiga kiradi. Chalida Srinakharinwirot universitetini biznesni boshqarish mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. Mint ijodiy faoliyatini 9 yoshida reklamalarda suratga tushishdan boshlagan. U oʻzining aktrisalik karyerasini Channel 3 telekanalida «Narak» lakorni (seriali) bilan boshlagan. Shundan soʻng muntazam ravishda turli ikkinchi darajali rollarni ijro etib kelgan. 2013-yilda Mint «Suparburoot Juthathep» loyihasidagi Piengkwan roli orqali keng tanildi. Uning goʻzal, mehribon, ayni paytda qatʼiyatli raqqosa qiz obrazi koʻplab tomoshabinlar eʼtiborini qozongan. Mint «Minito Gelato» nomli muzqaymoq biznesiga egalik qiladi. U 2012-yildan beri Pupaa Taechanarong bilan munosabatda.
