
Cameron Crowe
Biografiya
Cameron Bruce Crowe (1957-yil 13-iyul) — amerikalik ssenariynavis va rejissyor. Kino sanoatiga kirib kelguniga qadar "Rolling Stone" jurnalida muharrir bo‘lib ishlagan va hozir ham u yerda tez-tez maqolalar yozib turadi. Krou o‘ziga xos uslubi va kinizmga yo‘g‘rilmagan, samimiy filmlari bilan tanilgan. "The New York Times" gazetasi uni "post-bebi-bum" avlodining kinodagi vakili deb atagan. Uning "Fast Times at Ridgemont High" filmi uchun yozgan ssenariysi o‘zi o‘quvchilik davrida yashirincha kuzatib borgan voqealarga asoslangan. Keyinchalik "Say Anything" va Sietldagi granj musiqasi muhiti aks etgan "Singles" filmlarini yozib, suratga olgan. Uning eng muvaffaqiyatli loyihasi "Jerry Maguire" bo‘lgan. Shundan so‘ng, u o‘z hayotiga asoslangan "Almost Famous" filmini suratga oldi.







