Caitlyn Taylor Love
Aktyor

Caitlyn Taylor Love

16-iyun 1994 · 32 yosh Corpus Christi, Texas, USA

Biografiya

Caitlyn Taylor Love 1994-yil 16-iyunda Teksas shtatining Corpus Christi shahrida tug‘ilgan, Harlingen shahrida ulg‘aygan. 10 yoshidan boshlab ijodga qiziqib, Miss Texas Pageant tanlovining iste'dodlar bo'limida qatnashgan va 2004-yilda g‘olib chiqqan. 2005-yil iyul oyida esa New Yorkdagi IMTA tanloviga taklif etilib, "Yilning eng yaxshi yosh aktrisasi" unvoniga hamda bir nechta aktyorlik va qo‘shiqchilik mukofotlariga sazovor bo‘lgan. Shundan so‘ng Los-Anjelesga ko‘chib o‘tgan va MTV kanalining "Punk'd" ko‘rsatuvida qisqa muddat qatnashgan. NBC telekanalining "America's Got Talent" loyihasining ilk mavsumida yarim finalgacha yetib borib, yanada mashhur bo‘ldi. 2009-yilda Disney XD telekanalining "I'm in the Band" sitkomida rol o‘ynagan. "Genuine Music Group" bilan shartnoma imzolagan aktrisa ayni paytda albom ustida ishlamoqda. Albomga JakeAce Rivers yozgan "Bad Case Of Love Disease" qo‘shig‘i kiritilgan. 2012-yilda "Ultimate Spider-Man" multserialidagi White Tiger (Ava Alaya) rolini ovozlashtira boshlagan. U 2017-yildan buyon kinoda rol o'ynamayapti.

Filmografiya (1)