
Bradley Whitford
Biografiya
Bredli Uitford (1959-yil 10-oktyabrda tugʻilgan) — amerikalik aktyor va prodyuser. 1999-yildan 2006-yilgacha Uitford NBC telekanalining «The West Wing» siyosiy dramatik serialida Oq uy shtab boshligʻining oʻrinbosari Josh Laman rolini ijro etgan. Ushbu roli uchun u 2001-yilda «Drama serialidagi eng yaxshi ikkinchi darajali aktyor» nominatsiyasida Primetime Emmy mukofotini qoʻlga kiritgan. «The West Wing» dan tashqari, Uitford «Studio 60 on the Sunset Strip»da Denni Tripp, Fox telekanalining «The Good Guys» politsiya komediyasida Den Stark, CBS telekanalining «The Mentalist» serialida Qizil Jon deb taxmin qilingan Timoti Karter, «Billy Madison» filmidaantagonist Erik Gordon, «The Post»da Artur Parsons, «Get Out» qoʻrqinchli filmida Din Armitage, «Brooklyn Nine-Nine»da Rojer Peralta, «The Darkest Minds» fantastik filmida Prezident Grey va «Godzilla: King of the Monsters» filmida Rik Stenton rollarini oʻynagan. 2015-yilda u «Transparent» serialidagi Marsi roli uchun ikkinchi Primetime Emmy mukofotiga sazovor boʻldi va keyinchalik shu serialda Magnus Xirshfeldni gavdalantirgani uchun beshinchi bor Primetime Emmy mukofotiga nomzod boʻldi. 2018-2025-yillarda Uitford Hulu telekanalining «The Handmaid's Tale» distopik dramasida qoʻmondon Jozef Lourens rolini oʻynadi va buning uchun 2019-yilda oʻzining uchinchi Primetime Emmy mukofotini qoʻlga kiritdi.
Eng mashhur ishlari
reyting × mashhurlikFilmografiya (26)
Peter Vance
Patrick Landry
Stephen Sondheim
William Griffin
Paul Bremer
Dr. Rick Stanton
DiFranco
Joseph Lawrence
Dean Armitage
Arthur Parsons
Clyde
Fred Rose
Don DaGradi
Steve Hadley
Prosecutor
J.J. Camden
Josh Lyman
Bob Ghery
Eric Gordon
Thomas Fink
Bobby Lee
Mike Todwell

























