
Bill Goldberg
Biografiya
Uilyam Skott Goldberg — professional kurashchi, asosan World Championship Wrestling (WCW) va World Wrestling Entertainment (WWE) dagi faoliyati bilan tanilgan. U professional kurash tarixidagi eng uzoq mag'lubiyatsiz seriya rekordi sohibi (173 g'alaba va 1 mag'lubiyat) sifatida mashhur. Uning "Who's Next?" iborasi ham muxlislarga yaxshi tanish. Goldberg WWE tomonidan ikki karra jahon chempioni deb e'tirof etilgan: bir marta WCW World Heavyweight chempioni va bir marta World Heavyweight chempioni (ikkala titul ham Big Gold Belt kamarini anglatadi). U WCW va WWE tashkilotlarida Big Gold Belt'ni qo'lga kiritgan uch sportchidan birinchisi bo'lgan. Shuningdek, u ikki marta WCW United States Heavyweight chempioni va Bret Xart bilan birga bir marta WCW World Tag Team chempioni unvonlarini olgan. Professional kurashga qadar futbolchi bo'lgan Goldberg, faoliyatini yakunlagach, EliteXC aralash yakkakurashlar promoushenida sharhlovchi sifatida ishlagan. Hozirda u DIY Network kanalidagi Garage Mahal teleshousini olib boradi.

