
Bernie Sanders
Biografiya
Bernard Sanders (1941-yil, 8-sentyabr) — amerikalik siyosatchi va faol. 2007-yildan buyon Vermont shtatidan AQSh senatori sifatida faoliyat yuritadi. 1991-yildan 2007-yilgacha Vakillar palatasida shtat vakili bo'lgan. Sanders AQSh kongressi tarixidagi eng uzoq muddat ishlagan mustaqil siyosatchi hisoblanadi. Demokratik partiya bilan yaqin hamkorlik qilib, Kongressdagi faoliyati davomida demokratlar fraksiyasida ishtirok etgan va prezident Jo Baydenning asosiy ittifoqchilaridan biriga aylangan. O'zini demokratik sotsialist deb ataydigan Sanders AQShdagi progressiv harakat yetakchilaridan biri sanaladi. U 2016 va 2020-yillardagi prezidentlik saylovlarida Demokratik partiyadan nomzod bo'lishga uringan, biroq har ikkala safar ham ikkinchi o'rinni egallagan. Kongressga saylanishidan avval Vermontning Berlington shahri meri bo'lgan.
Filmografiya (1)
Self - Guest
