
Bárbara Paz
Biografiya
Bárbara Raquel Paz (1974-yil 17-oktyabr) – braziliyalik aktrisa, rejissyor va prodyuser. U Porto-Alegrining metropoliten hududidagi Kampo-Bom shahrida tug‘ilgan. To‘rt qizning eng kichigi bo‘lgan Bárbara olti yoshida otasidan judo bo‘ladi. Onasi esa tug‘ruqdan keyingi asoratlar tufayli o‘n yetti yil davomida gemodializ muolajasini olib, olamdan o‘tgan. Ota vafotidan so‘ng oila moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgach, 9 yoshli Bárbara mehnat qilishga majbur bo‘ladi: u gipsdan haykallar yasab, shaharda sotgan va topgan pulini onasining dori-darmonlariga sarflagan. O‘smirlik chog‘ida poyabzal fabrikasida, keyinroq butikda ishlagan. Onasi 1992-yil may oyida vafot etgach, singillari turmushga chiqib ketganligi sababli u yolg‘iz qoladi. Kelajakdan umidini uzgan Bárbara o‘sha yili jamg‘argan pullari bilan San-Pauluga ko‘chib o‘tadi va u yerda model yoki aktrisa sifatida o‘zini sinab ko‘rmoqchi bo‘ladi. Shaharga keliboq universitetga kotiba bo‘lib ishga kiradi.
Eng mashhur ishlari
reyting × mashhurlikFilmografiya (5)
Renata Ferreira
Maria Muniz Hurtado




