
Ava DuVernay
Biografiya
Ava Mari DuVerney (1972-yil, 24-avgustda tug'ilgan) — amerikalik kinorejissyor, ssenariynavis va prodyuser. „Primetime Emmy“, „NAACP Image“, „BAFTA Film“ va „BAFTA TV“ mukofotlari sohibasi, „Oskar“ va „Oltin globus“ nomzodi. 2011-yilda „ARRAY“ nomli mustaqil distributsiya kompaniyasiga asos solgan. 2012-yilda „Middle of Nowhere“ filmi uchun „Sundance“ kinofestivalida rejissyorlik mukofotini qo'lga kiritib, bu mukofotga loyiq ko'rilgan ilk qora tanli ayolga aylangan. Martin Lyuter King haqidagi „Selma“ (2014) biografik filmi orqali „Oltin globus“ mukofotiga „Eng yaxshi rejissyor“ nominatsiyasida ko'rsatilgan ilk afroamerikalik ayol bo'ldi. Shuningdek, „13th“ (2016) hujjatli filmi va „A Wrinkle in Time“ (2018) fantastik filmlari muallifi. 2023-yilda Isabel Uilkersonning „Caste“ kitobi asosida „Origin“ biografik filmini suratga olgan.



