
Biografiya
Atossa Leoni — bolaligidan xalqaro kino, televideniye va teatrda faoliyat yuritib kelayotgan aktrisa. Eronlik bo‘lgan Atossa Germaniyaning Berlin shahrida tug‘ilgan, Yevropaning turli mamlakatlarida voyaga yetib, AQShda ta’lim olgan. Besh tilda so‘zlashuvchi aktrisa hozirda Los-Anjelesda yashaydi. Uning Amerika ekranidagi debyuti Xolid Husayniyning mashhur «Shamol ortidan yugurganlar» asari asosida suratga olingan shu nomli filmdagi Soraya roli bo‘lgan. Shuningdek, u «America So Beautiful» filmida ham suratga tushgan. Atossa Leoni Xolid Husayniyning «Ming quyosh shu'lasi» hamda Greg Mortensonning «Three Cups of Tea» asarlari audioversiyasiga ovoz bergan.
