Biografiya
Assaf Bernstein Nyu-York universitetining Tisch san'at maktabini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. U Netflix’ning shov-shuvli «Fauda» serialining birinchi mavsumiga rejissyorlik qilgan, mazkur loyiha The New York Times tomonidan o'n yillikning eng yaxshi o'nta xalqaro seriali qatoriga kiritilgan. Shuningdek, HBO/Cinemax’ning «Warrior» seriali pilon qismini boshqarib, prodyuserlik qilgan; mazkur serial Rolling Stone jurnalining 2019-yilgi eng yaxshi yigirmata Amerika seriali ro'yxatidan joy olgan. Rejissyorning «The Debt» filmi Helen Mirren va Jessica Chastain ishtirokida 100 million dollardan ortiq daromad keltirgan. 2023-yilda uning Jason Isaacs va India Eisley bosh rolni ijro etgan «Look Away» filmi Netflix platformasidagi eng ko'p ko'rilgan filmlar o'nligida 5-o'rinni egalladi. Hozirda u «Gomorrah» va «ZeroZeroZero» ijodkorlari tomonidan yaratilgan Hulu’ning «The Kollective» nomli yangi geopolitik trilleriga rejissyorlik qilmoqda.
