
Ashley French
Biografiya
Eshli Mishel Tisdeyl-French (qizlik familiyasi Tisdeyl; 1985-yil 2-iyulda tugʻilgan) — amerikalik aktrisa, qoʻshiqchi va prodyuser. U Nyu-Jersi shtatining Vest-Dil shahridan. Bolaligida yuzdan ortiq telereklamalarda suratga tushgan, shuningdek, teatr va seriallarda rollar ijro etgan. 2004-yilda Disney Channel telekanalining "The Suite Life of Zack & Cody" serialida Meddi Fitspatrik rolini oʻynagan va 2006-yilda "High School Musical" nomli televizion filmdagi Sharpay Evans obrazi bilan katta shuhrat qozongan. Mazkur franshiza uchta film va "Sharpay's Fabulous Adventure" (2011) spin-offini oʻz ichiga oladi. Ortirgan mashhurligi evaziga u 2006-yilda Warner Bros. Records studiyasi bilan shartnoma imzolagan. Uning "Headstrong" (2007) nomli debyut albomi Amerikaning Ovoz yozish sanoati assotsiatsiyasi (RIAA) tomonidan oltin sertifikat bilan taqdirlangan va "He Said She Said" singlini oʻz ichiga olgan. Ikki yil oʻtib, Tisdeyl oʻzining ikkinchi studiyaviy albomi – "Guilty Pleasure"ni taqdim etdi. 2013-yilda esa "Symptoms" deb nomlangan ilk mustaqil albomi bilan musiqa olamiga qaytdi.
Eng mashhur ishlari
reyting × mashhurlikFilmografiya (9)
Candace Flynn (voice)
Cinderella (voice)
Jody Sanders
Candace Flynn / Candace-2 (voice)
Bethany Pearson
Sharpay Evans
Sharpay Evans
Sharpay Evans
Maddie Fitzpatrick








