
Arturo Vidal
Biografiya
Arturo Erasmo Vidal Pardo (1987-yil 22-mayda tug‘ilgan) — chililik professional futbolchi. Ispaniyaning “Barselona” klubi va Chili terma jamoasida yarim himoyachi sifatida o‘ynaydi. “Yuventus”da o‘ynagan davrida o‘zining shijoatli va agressiv o‘yin uslubi uchun italiyalik matbuot tomonidan “Il Guerriero” (“Jangchi”), “Rey Arturo” (“Qirol Artur”) va “La Piranha” laqablarini olgan. Faoliyatini Chili Primera Divizioni vakili “Colo-Colo”da boshlab, u yerda uch bor chempionlikka erishgan. Yevropaga ko‘chib o‘tib, “Bayer Leverkuzen”da to‘rt mavsum to‘p surgan. 2011-yilda “Yuventus”ga o‘tib, dunyoning eng kuchli yarim himoyachilaridan biriga aylangan. Turinliklar safida to‘rt mavsum davomida “Skudetto”ni qo‘lga kiritgan va 2015-yilda UEFA Chempionlar ligasi finaligacha yetib borgan. 2015-yilda UEFAning Yevropadagi eng yaxshi futbolchisi nomzodlari qatoriga kirgan. O‘sha yilning 28-iyulida “Bavariya” tarkibiga qo‘shilib, uch karra Bundesliga g‘olibi bo‘lgan. Keyinchalik “Barselona” bilan shartnoma imzolagan. Chili terma jamoasi safida 115 ta o‘yin o‘tkazgan va 2015 hamda 2016-yillardagi Amerika kubogi (Copa América) g‘olibi bo‘lgan.
