
Ari Aster
Biografiya
Ari Aster (1986-yil 15-iyulda tugʻilgan) — amerikalik kinorejissyor. Uning filmlari qora komediya, dahshat janri va grafik zoʻravonlikni oʻzida mujassam etgan oʻziga xos uslubi bilan ajralib turadi. AFI konservatoriyasida oʻqib yurgan kezlari yozgan va rejissyorlik qilgan "The Strange Thing About the Johnsons" (2011) qisqa metrajli filmi bilan eʼtirof etilgan. Keyinchalik "Hereditary" (2018) va "Midsommar" (2019) dahshatli filmlari orqali shuhrat qozonib, ushbu janrdagi muhim ijodkorga aylangan. 2019-yilda daniyalik prodyuser Lars Knudsen bilan birgalikda Square Peg kompaniyasiga asos solgan. Soʻnggi yillarda u dahshat janridan biroz chekinib, "Beau Is Afraid" (2023) syurreal komediya-dramasi va "Eddington" (2025) satirik vestern-trillerini suratga oldi. Ikkala film ham tanqidchilar tomonidan ijobiy baholangan, ammo prokatda kutilgan daromadni olib kelmagan.



